Matbuot xizmati

Bosh sahifaMatbuot xizmatiVideolavhalar“Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari”

“Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari”

“Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari” shiori ostida festival barcha hududlarda o‘tkazilmoqda!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari” shiori ostida festival o‘tkazilmoqda!

Ma’lumot uchun, festival joriy yilning 1-iyun kuni hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablari tomonidan quyidagi maskanlarida tashkil etilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respulikasi  Nukus shahridagi , “Istiqlol” nomli bolalar dam olish markazi
Andijon viloyati  Andijon shahridagi Andijon bolalar istirohat bog‘ida
Buxoro viloyati  Buxoro shahridagi “Favvoralar” maydonida
Jizzax viloyati  Jizzax shahridagi “O‘rda” nomli ekologik bog‘ida
Qashqadaryo viloyati  Shahrisabz shahridagi “Amir Temur” hiyobonida
Navoiy viloyati  Navoiy shahridagi “Alisher Navoiy” nomli istirohat bog‘ida
Namangan viloyati  Namangan shahridagi “Kamolot” nomli yoshlar bog‘ida
Samarqand viloyati  Samarqand shahridagi “Samarqand” nomli istirohat bog‘ida
Sirdaryo viloyati  Guliston shahridagi “Guliston” nomli istirohat bog‘ida
Surxondaryo viloyati  Termiz shahridagi “Termiz bolajon” nomli istirohat bog‘ida
Toshkent viloyati  Nurafshon shahridagi “Nurafshon” nomli istirohat bog‘ida
Farg‘ona viloyati  Farg‘ona shahridagi “Axmad Al Farg‘oniy” nomli istirohat bog‘ida
Xorazm viloyati  Urganch shahridagi “Amir Temur” nomli istirohat bog‘ida
Toshkent shahar  Yakkasaroy tumanidagi “Next” savdo markazida

Biz barcha hududlarda sizni intizorlik bilan kutamiz!

Festival “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi to‘garak a’zolarining ijodiy ishlari ko‘rgazmasini tashkil etish hamda ularni sotuvini yoʻlga qoʻyish maqsadida o‘tkaziladi.

Matbuot xizmati

So'nggi yangiliklar