Matbuot xizmati

Bosh sahifaMatbuot xizmatiRespublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan ochiq chempionat tashkil etildi

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan ochiq chempionat tashkil etildi

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan 7 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida “Turon yakkakurashi” sport turi bo‘yicha ochiq chempionati o‘tkazildi.

“Turon yakkakurashi” sport turi bo‘yicha tashkil etilgan chempionatda 1000 ga yaqin o‘quvchi-yoshlari qamrab olingan bo‘lib, bulardan jami 100 dan ortig‘i O‘zbekiston chempionatda ishtirok etdilar.

Chempionatida sportchilar 3 yosh toifasida bahslar olib bordilar.

Chempionat doirasida Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garak a’zolari ishtirokida konsert dasturi tashkil etilib, barchaga quvnoq kayfiyat ulashildi.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchi-yoshlar Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining I, II, III darajali medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Mazkur chempionatni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish orqali rag‘batlantirishdan iborat.

Matbuot xizmati

So'nggi yangiliklar