Matbuot xizmati

Bosh sahifaMatbuot xizmatiVideolavhalar“Navro‘zing muborak O‘zbekistonim” challenge

“Navro‘zing muborak O‘zbekistonim” challenge

Diqqat diqqat!!!

“Navro‘zing muborak O‘zbekistonim” shiori ostida challenge tashkil etilmoqda!

Challenge

▪️21-MART – Navro‘z bayrami munosabati bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Navro‘zing muborak O‘zbekistonim” shiori ostida challenge tashkil etilmoqda!

Challengega ishtirokchilar nizomda keltirilgan shartlar bo’yicha ijodiy ishlarini 14-mart sanasidan boshlab, 21-mart kuniga qadar hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablariga taqdim etishlari lozim.

Nizom bilan tanishish

Challengeda o‘quvchi-yoshlar yakka yoki jamoaviy tarzda (ustozlari bilan ham) ishtirok etishlari mumkin.

Challenge shartlari:

Ishtirokchilar tomonidan yuborilgan videoroliklar ijodiy yondashuv asosida tayyorlanganligi, mavzuni to‘g‘ri taqdim etilishi, shuningdek, ma’no va mazmuniga eʼtibor qaratilgan holda ko‘rib chiqiladi hamda eng yaxshi videolar Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining barcha rasmiy sahifalarida yoritiladi.

Challengedan asosiy maqsad, Navro‘z – turkiy xalqlarning eng ommaviy va go‘zal bayram ekanligini o‘quvchi-yoshlarni ongiga singdirishdan iborat.

Barchani challengeda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz!

Matbuot xizmati

So'nggi yangiliklar