Matbuot xizmati

Bosh sahifaMatbuot xizmatiYangiliklar“Barkamol avlod bolalari” festivali. Namangan

“Barkamol avlod bolalari” festivali. Namangan

Respublika bo‘ylab “Barkamol avlod bolalari” festivali tashkil etiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning maktabdan tashqari ta’lim sohasidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida respublika bo‘ylab yil davomida “Barkamol avlod bolalari” festivalini tashkil qiladi.

Festivalning ilk manzili Namangan viloyati!

Namanganda festival quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:

“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san‘at va libos);
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” — yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
“Jismoniy tarbiya va sport” — yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” — yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
“Turizm va ekologiya” — yo‘nalishi (Karving);
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” — yo‘nalishi (Mental arifmetika);
“Xorijiy tillar” — yo‘nalishi (Ingliz tili)

Diqqat! Festivalda 7 dan 18 yoshgacha bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak a’zolari ishtirok etadi!

Festival g‘oliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Matbuot xizmati

So'nggi yangiliklar